AsosiyDunyo

O`zbekiston fuqarolari Rossiyaga kiritilmayotgani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan ma`lumot berildi

'O`zbekiston fuqarolari Rossiyaga kiritilmayotgani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan ma`lumot berildi'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Rossiya Federasiyasidagi vakolatxonasi tomonidan mazkur holatni o`rganish maqsadida Moskva shahridagi barcha aeroportlarning mas`ul xodimlari bilan bog`lanilib holatga aniqlik kiritilganda, Moskva shahridagi Domodedovo, Vnukovo, Sheremetevo aeroportlarida O`zbekiston fuqarolarining Rossiya hududiga qo`yilmayotgani yoki uzoq vaqt davomida ushlab turish holatlari kuzatilmayotgani aniqlandi. Bu haqda Tashqi ishlar migratsiya agentligi xabar berdi.

Bundan tashqari avtomashinalar orqali Rossiyaga kirib kelinadigan Orenburg, Samara, Saratov viloyatlaridagi “Ozinki”, “Mashtakovo”, “Sagarchin” bojxona chegara postlaridagi holatlar ham o`rganilganda, ushbu chegara postlari doimiy ish tartibida ishlayotgani, O`zbekiston fuqarolari biron-bir to`siqlarsiz Rossiya hududiga kirayotgani ma`lum bo`ldi.

Eslatib o`tamiz, Tojikiston fuqarolari, balki O`zbekiston va Qirg`izistondan kelgan muhojirlarga ham Rossiya hududiga kirishni ommaviy ravishda taqiqlanayotgani haqida xabar berilgandi.

    Boshqa yangiliklar