Braziliya janubidagi Riu-Grandi-du-Sul shtatida suv toshqinlari oqibatida kamida 29 kishi halok bo`ldi, 60 kishi bedarak yo`qoldi. Bu haqda CNN Brasil shtat organlariga tayanib xabar berdi.
Bu erdagi 150 dan ortiq shahar tabiiy ofatdan zarar ko`rgan.
OAV ma`lumotlariga ko`ra, yomon ob-havo 10 millionga yaqin aholi istiqomat qiladigan bu shtatning 50 ta munisipalitetiga ta`sir qilgan. Yomg`irlar davom etar ekan, kamida 10 ming kishi uyini tark etishga majbur bo`ldi. 500 mingdan ortiq uy suv ta`minotisiz, 300 mingdan ortiq uy elektr ta`minotisiz qolgan.
2 may kuni Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva Santa-Mariya munisipalitetiga keldi va u erda Rio-Grande-du-Sul gubernatori Eduardo Leyte bilan uchrashdi. Biroq noqulay ob-havo tufayli rasmiylar hududni tekshira olmadi. Braziliya qurolli kuchlari Rio-Grande-du-Sulda jabrlanganlarga yordam berish uchun 8 ta samolyot va 600 ga yaqin askar yubordi.
Braziliya janubida yomg`ir 29 aprel kuni boshlangan. 1 may kuni suv toshqini keltirgan zarar tufayli favqulodda holat e`lon qilindi.






