1

O`zbekiston fuqarolari Qozog`istondan chiqarib yuborildi

Dunyo 06.05.2024, 10:16
O`zbekiston fuqarolari Qozog`istondan chiqarib yuborildi

O`tkazilgan reyd davomida 16 nafar xorijlik fuqaro Qozog`iston hududida noqonuniy mehnat faoliyati bilan shug`ullangani aniqlandi, deb xabar berdi mahalliy OAV.

Ulardan etti nafari O`zbekiston Respublikasi, to`qqiz nafari Tojikiston Respublikasi fuqarolaridir. Mazkur xorijliklar Satpaev shahrida tegishli ruxsatnoma va hujjatlarsiz ishlab kelgani aniqlandi.

Chet el fuqarolari Satpaev shahrida noqonuniy ishlab, ma`muriy javobgarlikka tortilib, sud qarori bilan belgilangan talablarni bajarmasdan, Qozog`iston Respublikasining migrasiya sohasidagi qonunchiligini buzgan. Bundan tashqari, Tojikiston Respublikasining ikki nafar fuqarosi Olmaota shahar sudi tomonidan chiqarilgan hal qiluv qarori talablarini bajarmay, javobgarlikdan bo`yin tovlaganliklari aniqlandi. Qayd etilishicha, chet el fuqarolarini noqonuniy mehnat faoliyatiga jalb qilgan ish beruvchilar ham qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi. Huquq-tartibotni ta`minlash maqsadida barcha chet el fuqarolari hududdan majburan chiqarib yuborildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1