1

“Qizlar, oiladagi qiynoqlar va zo`ravonliklar haqida gapirishdan qo`rqmanglar”...

Jamiyat 06.05.2024, 16:34
“Qizlar, oiladagi qiynoqlar va zo`ravonliklar haqida gapirishdan qo`rqmanglar”...

“Bu kaltaklar to`rt yil davom etdi”. Alisher Usmonov oilasining sobiq kelini Diyora Usmonova birinchi eri tomonidan zo`ravonlikka uchraganini aytib berdi.

"Do`stlar, xayrli kun. Nima uchun bugun ushbu videoni yozib olishga va shaxsiy hayotim haqida aytib berishga qaror qilganimni bilmayman. Bu gaplarim boo`imga balo bo`lishi ham mumkin. Lekin mening bular kimgadir foydali ekanligiga ishonaman. Bu orqali insonlar tasavvurlarni o`zgartirishiga yoki oiladagi zo`ravonlikdan aziyat chekayotgan ayollarga qandaydir yo`l ko`rsatishiga, ular uchun foydali bo`lishiga umid qilaman", deydi Diyora.

Uning bu video chiqishi yani shaxsiy hayoti haqidagi haqiqatlar shu vaqtgacha o`zimga xavf to`g`dirgan bo`lsa buni berkitish jamiyatga xavf to`g`diradi.  

«Hozir 21 yoshdan 25 yoshgacha boshdan kechirgan hayotim haqida gapirib bermoqchiman. Hatto 19 yoshdan boshlab deb hisoblasa ham bo`ladi.

Men birinchi erim bilan juda qiyin munosabatlarda edim. Biz bir-birimizni sevardik va nikohimiz uchun juda qattiq kurashdik, ammo, keyinchalik, u menga qo`l ko`tara boshladi. Bu kaltaklar to`rt yil davom etdi. Miya chayqalishi qayd etildi, juda ko`p qon yo`qotganman va butun tanam ko`karib ketardi. Ko`plab mebel va eshiklar sinardi.

Bularning barchasi izsiz o`tmasligi kerak, menimcha, hayotimizda sodir bo`layotgan hamma narsa qandaydir ma`noga ega. Ehtimol 10 yildan keyin men boshimdan kechirgan hammasini siz bilan baham ko`raman. Bu qanday bo`lganini va nima uchun sodir bo`lganini tushuntiraman. Ehtimol, bu qandaydir foyda beradi», deydi Usmonova.

Shuningdek u oiladagi zo`ravonliklarda er va xotin teng aybdor bo`lishini aytgan.

"Bunda nafaqat er aybdor. Bunday vaziyatda 50 foiz ayb ayolda ham bo`ladi. Bizning muammoyimiz — o`zimizni etarlicha qadrlamasligimizda, jasoratli emasligimizda va etarlicha oyoqqa turib olmaganimizda.

Biz ota-onalarimizga aytib, teskari natijaga erishishdan qo`rqamiz. Biz ota-onamizning oldiga qaytishga qo`rqamiz. Biz hammasini qaytadan boshlashga qo`rqamiz, chunki u o`zgaradi, kelajakda hammasi yaxshi bo`ladi. Bu kunlar ortda qoladi deb umid qilamiz. Mana shu bizning muammomiz", deydi u.

Bundan tashqari Diyora o`zining Instagram sahifasiga joylagan video ostida shunday izoh qoldiradi:

"Qizlar, oiladagi zo`ravonlik va zo`ravonlik haqida gapirishdan qo`rqmanglar. Bu videodan keyin yaqinlarim menga nima deyishlarini bilmayman, lekin men bu kurashga o`z hissamni qo`shishimga ishonaman va qiynalayotganlarga yordam berish uchun har qanday yordamni berishga tayyorman. Ilgari bu haqda gapirishdan ma`no yo`q edi. Endi, zo`ravonlikka qarshi oz bo`lsada kurashish, chora ko`rish boshlandi. Odamlar zo`ravonliklarni ochiq aytishga o`zida kuch topa olyapti. Men bundan juda xursandman"

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1