1

O`zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfidan ogohlantirildi

Jamiyat 06.05.2024, 17:50
O`zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfidan ogohlantirildi

“O`zgidromet” 9-11 may kunlari kutilayotgan noqulay ob-havo sharoitidan ogohlantirdi.

9-11 may kunlari O`zbekiston hududi bo`yicha vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Respublika bo`yicha shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda. Ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatiladi.

Kutilayotgan kuchli yomg`irlar yog`ishi sababli 9-11 may kunlari respublikaning quyidagi tog`oldi va tog`li hududlarida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin.

  • Qashqadaryo viloyati: Yakkabog`, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G`uzor tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho`rchi, Qumqo`rg`on, Muzrabot tumanlarida;
  • Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung`ur, Nurobod, Qo`shrabot, Kattaqo`rg`on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
  • Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
  • Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G`allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
  • Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo`stonliq, Parkent, Piskent, O`rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
  • Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo`rg`on tumanlarida;
  • Farg`ona viloyati: So`x, Shohimardon, Farg`ona, Beshariq tumanlarida;
  • Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo`rg`ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo`jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahrida.

Tog`oldi va tog`li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog`li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko`rish so`ralgan.

Shuningdek, respublika hududi bo`yicha yomg`ir suvlari to`planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1