1

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag`batlantirish to`g`risida Prezident Farmoni e`lon qilindi

Jamiyat 07.05.2024, 10:32
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag`batlantirish to`g`risida Prezident Farmoni e`lon qilindi

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag`batlantirish to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e`lon qilindi.

Mamlakatimizda 9 may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanishi, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida halok bo`lgan ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, bugun ham safimizda turib, Vatanimizning obro`-e`tiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma`naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qo`shayotgan faxriylarni e`zozlash hamda fashizm ustidan qozonilgan g`alabaning 79 yilligi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rag`batlantirish maqsadida:

1. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 20 000 000 (yigirma million) so`m miqdorida bir martalik pul mukofoti belgilandi.

2. Mazkur Farmonni bajarish bilan bog`liq bo`lgan sarf-xarajatlar O`zbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablag`lari hisobidan amalga oshiriladi.

3. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga ushbu pul mukofoti tantanali hamda bayramona vaziyatda topshiriladi.

 

 


 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1