1

Buxoroda mast qiz harakatlanayotgan mashinadan tanasini chiqarib o`ynadi

Jamiyat 09.05.2024, 13:52
Buxoroda mast qiz harakatlanayotgan mashinadan tanasini chiqarib o`ynadi

Buxoroda 6 may kuni mast qiz harakatlanayotgan mashinadan tanasini chiqarib o`ynagani uchun haydovchi va yo`lovchiga nisbatan ma`muriy bayonnoma tuzildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, mashina haydovchisi qizning mastligini bilmay, uni minishiga rozi bo`lgan.

«Uning mashina oynasidan tanasini chiqarganini ko`rmay qoldim. Ko`rib, keyinroq yo`l chetida to`xtab, yo`lovchini o`rindig`iga o`tqazib qo`ydim va xavfsizlik kamarini taqdim. Boshqa haydovchilardan bu xatoni takrorlamaslikni so`rayman», — haydovchi.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan haydovchi va uning yo`lovchisiga nisbatan ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

«Xursandchiligimdan, spirtli ichimlik ta`sirida edim. Qilgan ishimdan pushaymonman, hech kimga tavsiya qilmayman», — deydi yo`lovchi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1