Keti va Dalton Pragerlarning hayoti haqiqiy ertakni eslatadi, deb xabar beradi “Womenmistery.ru” nashri.
Ammo hayotda hamma narsa ertaklardagi kabi baxtli yakun topavermaydi. Bu juftlik ilk marotaba 18 yoshda uchrashib, oradan ikki yil o`tgach, turmush qurgan edi. Ular atigi besh yilgina baxtli hayot kechirishdi. Keti va Daltonning yaqinlari, do`stlari ular kam yashagan bo`lsalar-da, hayotlari xuddi ertaklardagi kabi sehrli va baxtli o`tganini bir ovozdan tasdiqlashdi.
Ularning har ikkalasi bolalikdan nasliy, o`simtali fibroz kasalligiga chalingan edi. Bu kasallik o`pkaga jiddiy ta`sir qilib, muqarrar o`limga olib kelardi. Keti ham, Dalton ham o`limga mahkum ekanliklarini yaxshi bilardi. Ular ijtimoiy tarmoqlar orqali tanishib qolgan edilar.
Umumiy baxtsizlik ularni bir-biriga bog`lab, muhabbat tug`ilishiga sabab bo`ldi. Keti va Dalton ilk marotaba uchrashganda bu taqdir ekanligini anglashdi. 20 yoshga to`lganda turmush qurishdi.
Dalton ham, Keti ham bu bedavo dard bilan uzoq yashay olmasliklarini yaxshi bilardi. Shuning uchun ham har bir daqiqadan unumli foydalanishga, hayotdan lazzatlanib yashashga harakat qilishardi. Ular do`stlari bilan turli kechalar tashkil qilar, sayohatlarga chiqishardi. Sevishganlar to`rt yil baxtli hayot kechirishdi.
Keyin esa zangori, tiniq osmon uzra qora bulutlar paydo bo`ldi…
Ularning har ikkalasi ham o`pka ko`chirish operasiyasini boshdan kechirishlari lozim edi. 2014 yilda Daltonga, 2015 yilning iyul oyida Ketiga o`pka ko`chirib o`tkazildi. Avvaliga hammasi ko`ngildagidek edi, ammo oradan bir necha oy o`tgach, Daltonning saratonga chalingani ma`lum bo`ldi. Ketining sog`ligi yomonlashdi, ko`chirib o`tkazilgan o`pka uning organizmiga moslasholmadi. Shundan keyin ular baxtli hayot nihoyasiga etganligini anglashdi.
Dalton bilan Keti yangi yil bayramini juda yaxshi ko`rishardi. Ular qishgacha yashamasliklarini tushunib, yangi yilni sentyabr oyida nishonlashga qaror qilishdi. Ming afsuski, ularning bu rejasi ham amalga oshmadi. Dalton kasalxonadan chiqib, uyga qaytish arafasida kasallik asoratidan 17 sentyabr kuni vafot etdi. Oradan bir necha kun o`tgach, Keti ham uning ortidan jo`nadi. U so`nggi nafasigacha Dalton bilan internet orqali aloqada bo`ldi. Keti vafot etgandan keyin yaqinlariga tez orada turmush o`rtog`i bilan uchrashishini aytdi. Keti va Dalton qisqa umr kechirgan bo`lsalar-da, haqiqiy muhabbat, baxt nashidasini surishga ulgurishdi...