AsosiyDunyo

BMT Bosh assambleyasi Falastin bo`yicha rezolyusiyani qabul qildi

'BMT Bosh assambleyasi Falastin bo`yicha rezolyusiyani qabul qildi'ning rasmi

BMT Bosh Assambleyasi Falastin davlatining tashkilotga to`laqonli a`zo bo`lish huquqini tan olish haqidagi rezolyusiyani yoqlab ovoz berdi. Bu haqda Reuters yozdi.  

Rezolyusiyani 143 ta davlat yoqlab chiqdi, 9 tasi (AQSh va Isroil bilan birga) qarshi chiqdi, yana 25 ta davlat betaraf qoldi.

Rezolyusiya BMT Xavfsizlik Kengashidan Falastinning tashkilotga to`laqonli a`zo sifatida kirishini qo`llab-quvvatlashga chaqiradi.  

Nomzod davlat BMT to`laqonli a`zosi bo`lishi uchun avvalo Xavfsizlik Kengashi tegishli rezolyusiyani ovozlarning uchdan ikki qismi bilan qabul qilishi kerak. Keyin bu qaror, shuningdek, ovozlarning uchdan ikki qismi bilan - Bosh Assambleya tomonidan qo`llab-quvvatlanishi lozim.  

2024 yil aprel oyida BMT Xavfsizlik Kengashi Falastinning tashkilotga a`zo bo`lishi bo`yicha rezolyusiyani qabul qilmadi. Shu vaqtda 12 davlat rezolyusiyaga qarshi ovoz berdi, ikkitasi (Buyuk Britaniya va Shveysariya) betaraf qoldi, ammo Qo`shma Shtatlar hujjatga veto qo`ydi.  

Bosh Assambleya tomonidan qabul qilingan hujjat Falastinga bir qator prosessual huquqlarni ham beradi – mamlakat Yaqin Sharq mavzulari bo`yicha yig`ilishlarda o`zini ma`ruzachilar ro`yxatiga kiritishi, bir guruh davlatlar nomidan tuzatishlar kiritish va prosessual takliflar kiritishi mumkin bo`ladi. Bundan tashqari, Falastin Bosh Assambleya majlislar zalidan doimiy joy oladi.

Falastin ayni damda BMTda kuzatuvchi davlat maqomiga ega. Mamlakat bu maqomni 2012 yilda olgan.

    Boshqa yangiliklar