Hukumatning ayrim qarorlari ilovaga muvofiq 2024 yil 1 sentyabrdan o`z kuchini yo`qotgan deb hisoblanib, Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi va mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish adliya vaziri zimmasiga yuklatildi.
Unda, 1989 yildan 2023 yilga qadar bo`lgan jami 493 ta hujjatni bekor qilish nazarda tutilgan.
Hujjatda Toshkent aeroportini ko`chirish haqidagi 1992 yil 24 iyuldagi 345-son qarori ham bekor qilindi. Qarorda Toshkent shahridan 45 kilometr janubi-g`arbda va Chinoz shahridan 12 kilometr shimolda joylashgan er uchastkasini tanlash to`g`risidagi qaror qabul qilingan edi.
2020 yilda Uzbekistan Airports'ning sobiq rahbari Ravshan Ismoilov aeroportni Angren yoki Chinozga ko`chirishni, 2022 yilda esa Uzbekistan Airports'ning hozirgi rahbari Ra`no Jo`raeva aeroportni poytaxtdan tashqariga ko`chirish rejalashtirilayotganini aytgan edi.






