AsosiyJamiyat

Toshkentda 20 yoshli yigit piyodani urib yuborgan (video)

'Toshkentda 20 yoshli yigit piyodani urib yuborgan (video)'ning rasmi

11 may kuni Toshkent shahri Mirzo Ulug`bek tumanida inson o`limi bilan bog`liq yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Bu haqda poytaxt YHXB xabar bermoqda.

Soat 04:00 atrofida Feruza ko`chasi Oqtepa lavash binosi qarshisida 20 yoshli yigit Malibu avtomashinasini boshqarib ketayotib, 45 yoshli erkakni urib yuborgan.

YTH oqibatida piyoda voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan shahar IIBB tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar