AsosiyDunyo

Dunyo bo`yicha muhojirlar o`lim soni rekord darajasiga etdi

'Dunyo bo`yicha muhojirlar o`lim soni rekord darajasiga etdi'ning rasmi

Dunyo bo`ylab muhojirlarning o`lim soni sezilarli darajada oshdi. Ularning aksariyati suvga cho`kib ketgan. Bu haqda BMT axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, 2023 yilda dunyo bo`ylab 8540 nafar muhojir halok bo`lgan. Ularning ko`pchiligi suvda cho`kib ketishgan. Muhojirlar uchun eng xavfli hudud Turkiya qirg`oqlari, Gresiya orollari va O`rta er dengizi deb e`lon qilindi. 2014 yildan beri O`rta er dengizida 23 092 kishi vafot etgan.

2024 yil 1 yanvardan beri O`rta er dengizi atrofida 956 nafar muhojir o`limi qayd etilgan. Hozirgacha migrasiya vaqtida halok bo`lgan 26 666 nafar bedarak yo`qolganlarning jasadi topilmagan. Ma`lumotlarga ko`ra, so`nggi o`n yil ichida migrasiya yo`llarida qariyb 5500 nafar ayol, 3500 nafar bolalar halok bo`lgan.

Bu ko`rsatkichlar darajasi oshishi mumkin. Hali o`limi qayd qilinmagan 37 ming kishi bor. Ularning ko`pchiligi harbiy mojaro bo`lgan yoki o`z hududida ko`p sonli qochqinlar bo`lgan mamlakatlardan kelgan.

    Boshqa yangiliklar