Bugun, 12 mat kuni Belgoroddagi 10 qavatli turarjoyga snaryaddan hujum qilindi. Zarba oqibatida ko`p qavatli uyning kirish yo`lagi, ya`ni podez butunlay qulab tushgan. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, hodisa oqibatida kamida 5 kishi halok bo`lgan, 21 kishi jarohatlangan. Xarobalar ostida 20 kishi qolib ketgani taxmin qilinmoqda. Hozirgacha ulardan 7 kishi chiqarib olinib, shifoxonaga yotqizilgan.
Belgorod oblasti gubernatori Vyacheslav Gladkovbinoga snaryad kelib urilganini ma`lum qildi. U hodisada Ukraina qurolli kuchlarini ayblagan.






