2024 yilning yanvar-mart oylarida O`zbekiston Respublikasida asosiy kapitalga o`zlashtirilgan investisiyalar hajmi 107,1 trln so`mni tashkil etgan.
Statistika agentligining dastlabki ma`lumotlariga ko`ra, shundan asosiy kapitalga o`zlashtirilgan jami xorijiy investisiya va kreditlar ulushi 68,9 foizga etgan.
O`zlashtirilgan jami xorijiy investisiya va kreditlar hajmida eng yuqori ulushga ega bo`lgan investor davlatlar:
- Xitoy – 23 foiz
- Rossiya – 13,8 foiz
- Turkiya – 8,5 foiz
- Saudiya Arabistoni – 7,2 foiz
- BAA – 4,8 foiz
- Germaniya – 3,8 foiz.






