AsosiyJamiyat

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Xitoyda uchta muassasa tajribasini o`rgandi

'Ijtimoiy himoya milliy agentligi Xitoyda uchta muassasa tajribasini o`rgandi'ning rasmi

“Bu kabi muassasalarning tajribalarini o`rganish orqali adolatli va inklyuziv jamiyat qura olishimizga ishonchimiz komil”, — deydi agentlik direktorining birinchi o`rinbosari Shahnoza Mirziyoeva.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Xitoyda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo`llab-quvvatlash va himoya qilishda muhim rol o`ynaydigan uchta muassasa tajribasini o`rganib qaytdi.

Bular:

Shanxay Bolalar tibbiyot markazi. Qayd etilishicha, markaz pediatriya, bolalar jarrohligi va alohida ehtiyojli bolalarni reabilitasiya qilish sohasidagi salmoqli yutuqlari bilan ajralib turadi. Markazda imkoniyati cheklangan bolalar salomatligi va hayot sifatini yaxshilash borasida faol ishlar olib borilmoqda.

Voyaga etmagan bolalarni himoya qilish markazi. Ushbu markaz qiyin vaziyatlarga tushib qolgan bolalarning hayotini yaxshilash uchun kurashadi va oilalarini qo`llab-quvvatlash ustida ish olib boradi.

Shanxay reabilitasiya uskunalari ko`rgazma markazi. Bu markaz nogironlar va keksalar uchun ularni reabilitasiya qilish va sog`lig`ini saqlashga qaratilgan keng turdagi yordamchi uskunalarni taqdim etadi. Ushbu markaz imkoniyati cheklanganlar hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladigan vositalardan foydalanish imkonini berishda muhim ahamiyat kasb etadi.
“Bu kabi muassasalarning tajribalarini o`rganish orqali adolatli va inklyuziv jamiyat qura olishimizga ishonchimiz komil”, — deydi agentlik direktorining birinchi o`rinbosari Shahnoza Mirziyoeva.

    Boshqa yangiliklar