AsosiyDunyo

Isroilning G`azodagi agressiyasi qurbonlari soni 35 mingdan oshdi

'Isroilning G`azodagi agressiyasi qurbonlari soni 35 mingdan oshdi'ning rasmi

Isroilning G`azo sektorida 7 oktyabrdan beri davom etgan tajovuzi oqibatida halok bo`lgan falastinliklar soni 35 mingdan oshdi, 78 ming 755 nafari yaralandi. Bu haqda G`azo sektoridagi Falastin sog`liqni saqlash vazirligi bayonotida aytiladi.

Departament ma`lumotlariga ko`ra, so`nggi 24 soat ichida 63 nafar fuqarosi halok bo`lgan, 114 nafari jarohatlangan.

Xabarda qayd etilishicha, halok bo`lganlarning jasadlari hamon vayron bo`lgan binolar ostida va yo`l chetlarida qolmoqda. Tez yordam va fuqaro mudofaa guruhlari Isroil kuchlarining to`siqlari tufayli ularga etib bora olmayapti.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar