AsosiyDunyo

Kievda terakt uyushtirishda gumon qilinganlar qo`lga olindi

'Kievda terakt uyushtirishda gumon qilinganlar qo`lga olindi'ning rasmi

Kievda qator teraktlar tayyorlashda gumon qilingan “Rossiya razvedka boshqarmasi agentlari” qo`lga olindi. Bu haqda Ukraina Xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma`lumotlarga ko`ra, gumonlanuvchilar gipermarketlar va kafelardan birining yoniga portlovchi moslamalarni joylashtirgan. Razvedka xizmatining ta`kidlashicha, portlashlar 2024 yil 9 may kuni sodir bo`lishi kerak edi.

Portlovchi moslamalar choy qadoqlari sifatida yashirilgan. Ukraina razvedkacining ta`kidlashicha, bombalar gipermarketlardagi eng yuqori gavjumlik vaqtida portlashi kerak bo`lgan. Rasmiy Kiev Rossiya razvedka boshqarmasi xodimi bo`lgan Yuriy Sizovni teraktlar kuratori deb atamoqda.

Qo`lga olinganlarga nisbatan davlatga xiyonat, qo`poruvchilik va terrorizm moddalari bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Ukraina xavfsizlik xizmati "terrorchilik hujumining bevosita aybdorlari" qo`lga olinganini da`vo qilmoqda, ammo ularning sonini bildirmagan. Chop etilgan fotosuratlardan ma`lum bo`lishicha, ikki kishi hibsga olingan.

Boshqa yangiliklar