AsosiyDunyo

Rossiyada kur`er bo`lib ishlayotgan o`zbekistonliklar ogohlantirildi

'Rossiyada kur`er bo`lib ishlayotgan o`zbekistonliklar ogohlantirildi'ning rasmi

So`nggi vaqtlarda Rossiyada ishlayotgan o`zbekistonliklar orasida internetdagi e`lonlar orqali katta pul evaziga mahsulotni bir manzildan ikkinchi manzilga etkazib berish bo`yicha muammolar yuzaga kelmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar berdi. 

Migrasiya agentligi xabariga ko`ra, murojaatlardan norasmiy kur`erlik xizmatlarida narkotik yoki taqiqlangan moddalar solingan buyurtmalarni etkazib berish (zakladka) taklif qilinayotgani va buning oqibatida polisiya xodimlari tomonidan ular ushlanib, jinoiy javobgarlikka tortilayotgani ma`lum bo`lmoqda.

Shu munosabat bilan, o`zbekistonliklardan norasmiy kur`erlik xizmatlarida ishlamaslik, katta miqdordagi pul evaziga shubhali buyumlarni bir manzildan ikkinchi manzilga etkazib bermaslik yoki mahsulotni albatta tekshirish so`ralgan.

Rossiya qonunchiligiga ko`ra, narkotik moddalarni sotish yoki etkazib berish uchun uzoq muddatli qamoq jazosi belgilangan.

    Boshqa yangiliklar