Singapurda yangi Covid-19 to`lqini paydo bo`ldi. Hukumat "ushbu to`lqinning traektoriyasini diqqat bilan kuzatmoqda", deb yozadi Bloomberg.
Singapur Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lumotlariga ko`ra, Covid-19 holatlari soni 5 maydan 11 maygacha bo`lgan haftada 25,900 holatga ko`tarildi, bu avvalgi haftadagi 13,700 holatdan ko`p. O`rtacha kunlik kasalxonaga yotqizilganlar soni xuddi shu davrda 181 tadan 250 ga ko`tarildi.
Departamentning ta`kidlashicha, to`shak etishmovchiligining oldini olish va ehtiyot chorasi sifatida davlat kasalxonalarigag` shoshilinch bo`lmagan elektiv operasiyalar sonini kamaytirish so`ralgan.
Sog`liqni saqlash vaziri Ong E Kung: "Biz to`lqinning barqaror o`sib borayotgan boshida turibmiz. To`lqin keyingi ikki-to`rt hafta ichida cho`qqisiga chiqishi kerak, bu iyun oyining o`rtalari va oxiri oralig`ida", - dedi






