AsosiyDunyo

Turkmanistonda Alisher Navoiy haykali o`rnatildi

'Turkmanistonda Alisher Navoiy haykali o`rnatildi'ning rasmi

Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida atoqli turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog`iy nomidagi madaniyat va istirohat bog`i majmuasining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqida O`zA xabar bermoqda.

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ishtirok etgan tadbir doirasida buyuk o`zbek shoiri Alisher Navoiy haykalining tantanali ochilishi ham tashkil etildi.

Yodgorlikning ochilish marosimida mehmonlar ulug` shoirning o`zbek xalqi ma`naviyatining ajralmas qismi bo`lgan va keyingi davrlar lirikasiga ulkan ta`sir ko`rsatgan betakror ijodiy merosini alohida ta`kidladi.

Qayd etish joiz, bog`ning markaziy qismi – Maxtumquli Firog`iy yodgorligidir. Yodgorlik jahonga mashhur yozuvchilarning 24 haykalini birlashtirgan yangi madaniyat va istirohat bog`i majmuasining markaziy qismiga aylandi.

Maxtumquli yodgorligi atrofida jahon adiblari va atoqli shaxslarining haykallari o`rnatildi. Jumladan, majmuada Onore de Balzak, Iogan Volfgang Gyote, Rabindranat Tagor, Uilyam Shekspir, Fyodor Dostoevskiy, Dante Aligeri, Sayat-Nova va boshqa ko`plab dunyo adabiyotining yorqin vakillari mahobatli haykallari qad ko`targan. Bobomiz Navoiyning haykali ham endi atoqli shaxslar qatoridan joy oldi.

 

    Boshqa yangiliklar