AsosiyDunyo

Chexiya prezidenti motosiklda avariyaga uchradi

'Chexiya prezidenti motosiklda avariyaga uchradi'ning rasmi

Zamon.uz xabariga ko`ra, 62 yoshli prezidentning jarohatlari “jiddiy emas”. Pavel tibbiyot muassasasida necha kun bo`lishi noma`lum. 

Hodisa 23 may kuni yopiq poygadagi trassada sodir bo`lgan. Bunga nima sabab bo`lgani aniqlanmagan, ammo polisiya tergov o`tkazish niyatida emas.

Ommaviy axborot vositalari Chexiya prezidenti odatda BMW R1200GS rusumli nemis motosiklida yurishini yozmoqda.

“Uning jarohatlari jiddiy emas, lekin bu Praga harbiy universiteti gospitalida qisqa muddat kuzatuv ostida qolishni talab etadi”, — degan Chexiya prezidenti idorasi.

30 may kuni Chexiya prezidenti Pragada NATO mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashishi kerak edi. Uning xorijga safari amalga oshishi hozircha aniq emas.

    Boshqa yangiliklar