AsosiyJamiyat

"Qamchiq"da transport harakati cheklanadimi?

'"Qamchiq"da transport harakati cheklanadimi?'ning rasmi

26-27 may kunlarida Toshkent shahriga transport vositalarining kirishi taqiqlanishi va tungi vaqtda "Qamchiq" dovonida harakat cheklanishi haqidagi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar asossiz. Bu haqda Yo`l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Qayd qilinishicha, 26-27 may kunlarida Toshkentda xalqaro darajadagi tadbirlar bo`lib o`tishi va ayrim yo`llarda ta`mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli ba`zi ko`chalarda transport vositalarining harakati qisman cheklanishi mumkin.

Ta`kidlanishicha, Toshkent shahriga transport vositalarining harakatlanib kirishiga hech qanday cheklovlar yo`q.

    Boshqa yangiliklar