AsosiyDunyo

Ramzan Qodirov Toshkentdagi Ko`kcha qabristoni va Hazrati Imom majmuasini ziyorat qildi

'Ramzan Qodirov Toshkentdagi Ko`kcha qabristoni va Hazrati Imom majmuasini ziyorat qildi'ning rasmi

O`zbekistonga tashrif buyurgan Ramzan Qodirov Ko`kcha masjidi va Shayx Zaynuddin qabristonini ziyorat qildi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoq sahifasida ma`lum qildi.

"Delegasiyamiz bilan birinchi tashrif qilgan joylarimizdan biri Ko`kcha masjidi va Shayx Zayniddin qabristoni bo`ldi. Bu erda Axmat Hojining hurmatli ustozi va oilamizning yaqin do`sti Imom al-Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti rektori Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf dafn etilgan. U otam uchun juda aziz inson edi, uni juda hurmat qilgan", - deb yozadi Qodirov. 

Shundan so`ng delegasiya “Mo`yi Muborak” madrasasi joylashgan Hazrati Imom diniy-tarixiy majmuasini ziyorat qildi. Shuningdek, mehmonlar Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan barpo etilayotgan “Islom sivilizasiyasi markazi” majmuasiga ham tashrif buyurdi. Uning ochilishida ishtirok etishiga umid bildirdi.

    Boshqa yangiliklar