AsosiyJamiyat

Yozning birinchi oyida qanday ob-havo kuzatiladi?

'Yozning birinchi oyida qanday ob-havo kuzatiladi?'ning rasmi

Sinoptiklar iyun oyida kutilayotgan ob-havo haqida ma`lum qildi. 

Ma`lum qilinishicha, bu yil yoz iliq ob-havo bilan boshlanadi. Harorat kunduz kunlari +28...+33° atrofida, janubda va cho`l hududlarda +38°gacha bo`ladi.

Oyning birinchi besh kunligida asosan yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Harorat kechalari +14...+19°, kunduz kunlari +28...+33°, janubda va cho`l hududlarda +37°gacha etadi.

6-10 iyunda ayrim kunlarda (1-2 kun) ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.

Ikkinchi va uchinchi o`n kunliklarda harorat asosan kechalari +15...+20 daraja, kunduz kunlari +33...+38 daraja, janubda va cho`l hududlarda +40 darajagacha bo`ladi.


 

 

    Boshqa yangiliklar