AsosiyDunyo
1018

Tailand O`zbekiston uchun vizasiz rejim joriy qiladi

'Tailand O`zbekiston uchun vizasiz rejim joriy qiladi'ning rasmi

Tailand qirolligi O`zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qildi. 

Endilikda O`zbekiston fuqarolari Tailand hududida 60 kungacha vizasiz bo`lishlari mumkin, deya xabar bermoqda Bangkok Post.

Ma`lum bo`lishicha, mazkur tartib 2024 yil  1 iyundan boshlab kuchga kiradi.

Ma`lumot uchun, Tailand hukumati vizasiz rejimni O`zbekistondan tashqari yana 35 ta davlatga joriy qilgan va bunday davlatlarning jami soni 93 taga etgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar