AsosiyDunyo

Quyoshda kuchli chaqnash sodir bo`ldi

'Quyoshda kuchli chaqnash sodir bo`ldi'ning rasmi

Quyoshda 29 may kuni navbatdagi kuchli chaqnash sodir bo`ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Rossiya Fanlar akademiyasi Koinot tadqiqotlari instituti quyosh astronomiyasi laboratoriyasi rahbari Sergey Bogachev chaqnashga munosbat bildirdi. Mutaxassis mazkur chaqnash magnit bo`ronlarini keltirib chiqarishi ehtimoli kichikligi, ammo nolga teng emasligini aytdi. Avvalgi chaqnash 27 may kuni qayd etilgandi.

“Chaqnash taxminan 20 daqiqa sodir bo`lgan. Dastlabki ball — X1.4. Chaqnash sodir bo`lgan zona Quyosh-Er chizig`i tomon, ya`ni quyosh diskining ko`rinadigan markaziga qarab harakatlanishda davom etmoqd”, — dedi Bogachev.

Ta`kidlanishicha, u yakshanba-dushanba kunlaridan sayyoramizga to`g`ridan-to`g`ri ta`sir qilish zonasida bo`ladi.

"Quyosh chaqnashlari rentgen nurlanishining kuchiga qarab beshta sinfga bo`linadi: A, B, C, M va X. Bunda minimal sinf A0.0 bo`lib, Er orbitasida kvadrat metrga 10 nanovatt radiasiya quvvatiga to`g`ri keladi. Keyingi harfga o`tishda quvvat 10 barobar ortadi. Quyoshdagi chaqnashlar odatda Er tomon yo`nalgani uchun magnit bo`ronlarini keltirib chiqarishi mumkin",–deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar