Si Szinpin bu haqida Pekinda bo`lib o`tgan arab davlatlari vakillari bilan muloqot davomida ma`lum qildi. Bu haqda “zamon.uz” yozmoqda.
"Yaqin Sharq taraqqiyotning ulkan istiqboliga ega mintaqa, ammo u erda hamon qurolli nizolar davom etmoqda. Urush cheksiz davom eta olmaydi, adolat abadiy yo`qolmaydi va “ikki xalq - ikki davlat" tamoyilini o`zboshimchalik bilan buzib bo`lmaydi", — deya ta`kidladi Si Szinpin.
Uning so`zlariga ko`ra, Xitoy 1967 yildagi chegaralar doirasida to`liq suverenitetga ega bo`lgan va poytaxti Sharqiy Quddusda joylashgan mustaqil Falastin davlatining tashkil etilishini qo`llab-quvvatlaydi.
"Biz Falastinning BMTga to`laqonli a`zo davlat sifatida kirishini, shuningdek, tinchlikka erishish uchun kengroq ko`lamli, samarali va yuqori darajadagi xalqaro tinchlik konferensiyasi o`tkazilishini qo`llab-quvvatlaymiz", — deya qo`shimcha qildi XXR etakchisi. Si Szinpindan so`ng nutq so`zlagan Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi xalqaro hamjamiyatni Isroilning G`azo sektoridagi urushni urushini to`xtatishiga bosim o`tkazishga chaqirdi.
"Xalqaro hamjamiyatni G`azoga zudlik bilan uzoq muddatli gumanitar yordam ko`rsatishga, Isroil qamalini to`xtatishga va falastinliklarni o`z erlarini majburan tark etishga majburlashga chek qo`yishga chaqiraman", — dedi as-Sisi.






