AsosiyDunyo

O`zbekiston "kuchli" uchlikda

'O`zbekiston "kuchli" uchlikda'ning rasmi

2023 yil 1 oktyabrdan buyon AQSh chegarasini 57,2 ming noqonuniy migrant kesib o`tdi.  Ulardan 2900 nafari O`zbekiston fuqarolari. Bu haqda Fox News AQSh Bojxona va chegara xizmatiga tayanib xabar berdi. 

Ma`lumotda aytilishicha, 2021 yildan 2023 yilgacha O`zbekistonning 13 600 nafar fuqarosi Meksika orqali AQShga noqonuniy kirishga uringan. AQShga noqonuniy migrasiya bo`yicha Turkiya etakchilik qilmoqda — 30 800 nafar Turkiya fuqarosi AQSh chegarasini kesib o`tmoqchi bo`lgan. Undan keyingi o`rinni 15,5 ming kishi bilan Mavritaniya egallagan bo`lsa, O`zbekiston bu ro`yxatda uchinchi o`rinda turibdi.

Qayd etilishicha, O`zbekiston fuqarolari asosan O`zbekiston—Turkiya (Ispaniya)—Boliviya—Kolumbiya—Meksika—AQSh yo`nalishi bo`yicha AQShga borishga harakat qilmoqda.

    Boshqa yangiliklar