AsosiyDunyo

Eron sobiq prezidenti yana rahbar bo`lmoqchi

'Eron sobiq prezidenti yana rahbar bo`lmoqchi'ning rasmi

Eronning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinejad Erondagi prezidentlik saylovida ishtirok etish uchun ro`yxatdan o`tdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Ammo, Ahmadinejad “poygadan“ chetlatilishi mumkin: Hamanaiy nazoratidagi 12 a`zolik Kengash 11 iyun kuni nomzodlarning yakuniy ro`yxatini e`lon qilish istagida bo`lgan barchani tekshiradi. Ahmadinejad ilk bor 2005 yilda Eron prezidenti etib saylangan va 2013 yilda muddat cheklanganligi sababli iste`foga chiqqan. Sobiq prezidentning 2021 yilgi saylovda qatnashish urinishi rasmiylar tomonidan rad etilgan edi.

Undan tashqari Eronning sobiq sog`liqni saqlash va tibbiy ta`lim vaziri va parlament a`zosi Masud Pezeshkian, sport va yoshlar ishlari bo`yicha sobiq vaziri o`rinbosari Ahmad Rasulinejod, Demokratik partiya bosh kotibi Mostafa Kavakebyan va mamlakat parlamentining amaldagi deputatlari va boshqalar o`z nomzodlarini ilgari surdi.

    Boshqa yangiliklar