Meksikada yakshanba kuni bo`lib o`tgan prezidentlik saylovlarida Mexiko shahrining sobiq meri va amaldagi prezident tarafdori Klaudiya Sheynbaum g`alaba qozondi. Tarixda birinchi marta ayol kishi Meksika prezidenti bo`lmoqda.
Dastlabki natijalarga ko`ra, saylovchilarning 56 foizi Klaudiya Sheynbaumga, 30 foizi esa uning asosiy raqibi senator Xochitl Galvesga ovoz bergan.
61 yoshli Klaudiya Sheynbaum amaldagi prezident Lopes Obradorning hukmron partiyasi vakili hisoblanadi. Lopes Obradorning o`zi, konstitusiyaga ko`ra, ikkinchi muddatga nomzodini qo`ya olmaydi va shuning uchun u Sheinbaumni qo`llab-quvvatladi.
Sheinbaum Mexiko shahrida yahudiy oilasida o`sgan va fizik olim sifatida shuhrat qozongan. 2007 yilda Iqlim o`zgarishi bo`yicha hukumatlararo komissiya a`zosi sifatida Tinchlik bo`yicha kollektiv Nobel mukofotini olgan.
2000 yilda o`sha paytdagi Mexiko shahri meeri Lopes Obrador Sheinbaumni poytaxt atrof-muhit masalalari bo`yicha kotib etib tayinlagan, 2018 yilda esa prezidentlik saylovlarida g`alaba qozongan Obradorning o`rniga mer etib tayinlangan.






