Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda yo`lning belgilanmagan qismidan kesib o`tayotgan piyodani "Cobalt" haydovchisi urib yuborgani aks etgan video tarqaldi.
Toshkent shahar IIBB YHXB Matbuot xizmati ma`lumotiga ko`ra, holat joriy yilning 3 iyun kuni soat 13:55 atrofida sodir bo`lgan.
1980 yilda tug`ilgan haydovchi N.K. "Cobalt" avtomashinasini boshqarib kelayotgan vaqtda, Mirzo Ulug`bek tumani Ahmad Yugnakiy ko`chasida, yo`lni belgilanmagan qismidan kesib o`tayotgan 1998 yilda tug`ilgan piyoda D.X.ni urib yuborgan.
Ushbu YTH natijasida piyoda D.X. olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






