AsosiyDunyo

Hindiston O`zbekistonga yangi elchi tayinladi

'Hindiston O`zbekistonga yangi elchi tayinladi'ning rasmi

O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Hindistonning O`zbekistondagi yangi elchisi Smita Pantni qabul qildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar qildi. 

“Hindistonning O`zbekistondagi Elchisi etib tayinlangan Smita Pant xonim bilan uchrashish va uning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilishdan mamnunmiz. Turli sohalarda, jumladan, qishloq xo`jaligi, turizm, transport, logistika va boshqa yo`nalishlarda aloqalarni kengaytirish bo`yicha birgalikdagi sa`y-harakatlarimizni muhokama qildik. Savdo va investisiyaviy hamkorlikni rivojlantirish asosiy maqsadimiz bo`lib qoladi. Elchi xonimga ikki tomonlama munosabatlarimizning foydalanilmagan salohiyatini kashf etishda muvaffaqiyatlar tilaymiz”, - deb yozdi O`zbekiston TIV rahbari o`zining Telegram-kanalida.

    Boshqa yangiliklar