20−31 may kunlari Turkiyada "Eng ilg`or merganlar jamoasi" musobaqasi o`tkazildi. Bu haqda O`zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Unda 11 davlatdan 36 ta jamoa ishtirok etdi.
O`zbekiston merganlari turli shartlarda besh marta rekord natija qayd etishdi, deyiladi xabarda.
Musobaqa yakunlariga ko`ra, O`zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari birinchi, mezbon Turkiya ikkinchi, Bahrayn terma jamoasi uchinchi o`rinni egalladi.






