AsosiyDunyo

AQShda chegarani buzib kirganlarga boshpana berish taqiqlandi

'AQShda chegarani buzib kirganlarga boshpana berish taqiqlandi'ning rasmi

Jo Bayden Meksika bilan chegarani noqonuniy kesib o`tgan muhojirlar uchun AQShda siyosiy boshpana olishga taqiq qo`ymoqda. Bu haqda Oq uy ma`muriyati ma`lum qildi.

"Bu immigrasiya xizmati xodimlariga mamlakatda noqonuniy bo`lgan odamlarni AQShdan chiqarib yuborishni osonlashtiradi", – deyiladi Oq uy bayonotida.

Ayni paytda kuchga kirgan taqiq choralari doimiy ravishda qo`llanilmaydi.

OAV ma`lumotlariga ko`ra, hafta davomida har kuni chegarada 2500 dan ortiq odam qo`lga olinsa, taqiqlovchi choralar joriy etiladi. Chegarada kunlik qo`lga olishlar soni 1500 tadan kamayganda, bu choralar bekor qilinadi. 

    Boshqa yangiliklar