AsosiyJamiyat

Shahrisabzda Damas bilan to`qnashgan Matiz yonib ketdi

'Shahrisabzda Damas bilan to`qnashgan Matiz yonib ketdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Shahrisabz shahrida avtomobil yonayotganligi aks etgan video tarqaldi.

Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati FVB ma`lumot taqdim etdi.

Ma`lum bo`lishicha, kecha 5 iyun kuni soat taxminan 20.21 larda Shahrisabz shahar Favqulodda vaziyatlar bo`limiga xabar kelib tushgan.

Xabarga ko`ra, voqea joyiga qutqaruv xizmatida 1 ta yong`in-qutqaruv bo`linmasi jalb etilib, sodir bo`lgan yo`l transport hodisasi ortidan Matiz rusumli transport vositasida ro`y bergan yong`in soat 20.30 larda to`liq o`chirilgan.

Ma`lum bo`lishicha, sodir bo`lgan yo`l transport hodisasi natijasida bir nafar fuqaro jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan. Yong`indan hech kim tan jarohati olmagan.

    Boshqa yangiliklar