AsosiyJamiyat

Nojo`ya xatti-harakatlari sabab 44 nafar xodim jazolangan, 9 nafari ishdan bo`shatilgan

'Nojo`ya xatti-harakatlari sabab 44 nafar xodim jazolangan, 9 nafari ishdan bo`shatilgan'ning rasmi

Joriy yilning o`tgan davrida Adliya organlari va muassasalari xodimlarining nojo`ya xatti-harakatlari yuzasidan jami 117 ta murojaat va xabarlar kelib tushgan. Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O`rinboeva ma`lum qildi.

Mazkur murojaatlar va xabarlarni o`rganib chiqish natijasida 44 nafar xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo`llanilgan, jumladan 9 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan va 35 nafar xodimga xayfsan va jarima intizomiy choralari qo`llanilgan, shuningdek 112 nafar xodim bilan profilaktik suhbatlar o`tkazilgan.

Shuningdek, Namangan viloyati adliya boshqarmasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Adliya vazirligifaoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasiga oid qonun hujjatlariga rioya qilinishi bo`yichakomplaens tekshiruvi o`tkazildi. Tekshirish natijasiga ko`ra yo`l qo`yilgan qonunbuzilish holatlari bo`yicha 27 nafar xodimga nisbatan tegishli jazo choralari qo`llanildi. Shuningdek, hududlarda 20 dan ortiq o`rganish tadbirlari amalga oshirildi. O`rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarga kelgusida yo`l qo`ymaslik borasida 110 nafar xodim bilan profilaktik suhbatlar o`tkazildi.

Hududiy adliya organlari va muassasalarigatanlov asosida vakant lavozimlarga hujjattopshirgan 1640 ta nomzodlar bo`yicha kompleks tekshirishlar o`tkazildi.

 

    Boshqa yangiliklar