Farg`onada cho`milish uchun suv xavzasiga tushgan bolalar cho`kib ketdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qilmoqda.
5 iyun kuni Farg`ona viloyati Oltiariq tumanidagi fermer xujaligi er maydonida joylashgan sun`iy suv xavzasiga cho`milish uchun tushgan uch nafar voyaga etmagan bola ehtiyotsizliklari oqibatida cho`kib, vafot etishgan.
Hozirda prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.






