AsosiyDunyo

Qozog`istonda 27 nafarga o`zbek qo`lga olindi

'Qozog`istonda 27 nafarga o`zbek qo`lga olindi'ning rasmi

Olmaota shahrida 27 nafar o`zbekistonlik "Nelegal-2024" reyd tadbirlari davomida qo`lga olingan. Bu haqida "Zakon" nashri xabar bergan.

Unga ko`ra, milisiya xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor-profilaktika tadbiri davomida O`zbekiston fuqarosi Qozog`iston migrasiya qonunchiligini buzgani uchun qo`lga olingan. Tekshiruv davomida ushlangan yana to`qqiz kishining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari bo`lmagan.

Hozirda ular shahar ichki ishlar bo`limining qabulxonasiga joylashtirilgan. 

Ma`lumot uchun, O`zbekiston fuqarolari Qozog`iston hududida 30 kun muddatgacha bo`lib turishi mumkin, ammo ushbu davr mobaynida mehnat faoliyatini amalga oshirishi taqiqlanadi. 

    Boshqa yangiliklar