AsosiyDunyo

Yaponiyaliklar Marsgacha lift qurmoqchi

'Yaponiyaliklar Marsgacha lift qurmoqchi'ning rasmi

Olimlarning hisob-kitoblariga ko`ra, Marsga etib borish uchun kosmik kemada 6 oydan 8 oygacha vaqt ketadi. Liftda esa bu muddat 3-4 oyga va hatto 40 kungacha qisqarishi mumkin, deya xabar bermoqda zamon.uz.

Yaponiyaning Obayashi Corporation kompaniyasi bu loyihani 2050 yilgacha amalga oshirish mumkin deb hisoblamoqda.

Ma`lumot uchun, Obayashi korporasiyasi dunyodagi eng baland Tokyo Skytree teleminorasini qurgan. Kompaniya 100 milliard dollarlik kosmik lift qurish loyihasi yaqin yillarda amalga oshirilishini ma`lum qildi.

Ushbu g`oya aslida 12 yil avval paydo bo`lgandi, biroq uning qanday yaratilishi ustida muhokamalar hamon davom etmoqda. Ba`zi olimlarning fikricha, bunday loyihani amalga oshirish umuman mumkin emas.

 

    Boshqa yangiliklar