AsosiyDunyo

AQSh Kongressida O`zbekiston bo`yicha brifing bo`lib o`tdi

'AQSh Kongressida O`zbekiston bo`yicha brifing bo`lib o`tdi'ning rasmi

 Vashingtonda senatorlar va kongressmenlar idoralari xodimlari, shuningdek, AQSh Kongressining tashqi ishlar, yo`llar va vositalar hamda milliy xavfsizlik qo`mitalari vakillari uchun O`zbekistonga bag`ishlangan brifing o`tkazili, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Tadbirda jami 44 senator va kongressmenlar idorasidan 60 nafar xodim – staffer ishtirok etdi. Bundan tashqari, brifingda respublikachi kongressmen Don Bekon, AQSh Milliy xavfsizlik kengashining Markaziy Osiyo bo`yicha katta direktori Brayan Todd va O`zbekiston elchisi Furqat Sidiqov qatnashdi.

Brifing avvalida O`zbekiston elchisi mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qilish, demokratik institutlarni rivojlantirish va qonun ustuvorligini ta`minlash, iqtisodiyotni liberallashtirish va qulay sarmoyaviy muhitni yaratish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijalariga alohida to`xtalib o`tdi.

Shuningdek, siyosat, iqtisod, xavfsizlik va parlamentlararo hamkorlik sohalaridagi keng qamrovli ikki tomonlama hamkorlik haqida batafsil ma`lumot berildi. Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Milliy markazi direktori, akademik Akmal Saidovning BMT Inson huquqlari qo`mitasi a`zoligiga 2025-2028 yillar uchun saylangani mamlakatimizda inson huquqlari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ramziy ifodasi ekanligi ta`kidlandi.

Brifing yakunida O`zbekiston–AQSh parlamentlararo hamkorligining dolzarb masalalari bo`yicha doimiy aloqalarni yo`lga qo`yish yuzasidan kelishib olindi.

    Boshqa yangiliklar