AsosiyJinoyat

Xorazmda tabiat bog`i inspektori tungi xizmat vaqtida kaltaklandi

'Xorazmda tabiat bog`i inspektori tungi xizmat vaqtida kaltaklandi'ning rasmi

Xorazm milliy tabiat bog`i inspektori Amurbek O`rinovga xizmat vaqtida tan jarohati etkazildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, hududda 2024 yil bahorida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan 3 ming tup gujum ko`chatlari nobud bo`lish holatiga kelib qolgan. Bunga milliy tabiat bog`iga tutash hududda “Amudaryo oltin baliq” fermer xo`jaligi tomonidan ajratilgan er maydonidan tashqariga chiqib, gujum ko`chatlari ekilgan joyga sholi ekish maqsadida maydon chetidagi katta himoya chegaralari buzib tashlangani va suv ochib yuborilgani sabab bo`lgan. Buning oqibatida gujum ko`chatlari bir necha kundan buyon suv ostida qolib ketgan. Xorazm milliy tabiat bog`i ma`muriyati tomonidan fermer xo`jaligiga 1 kun muddatda suv chiqarib yuborilmasa, 3 mingdan ziyod ko`chat nobud bo`lishi va bu ma`muriy javobgarlikka tortilishi yuzasidanogohlantirish xati berilgan.

Ammo fermer xo`jaligi rahbari A.O`. bu ogohlantirishga parvo qilmasdan, 4 iyun kuni kechqurun soat tungi 00:00 lar atrofida bog` hududiga suv ochish maqsadida kirgan. Shu paytda uni inspektor payqab qolgan va huquqbuzarlikni bartaraf qilishga uringan. Lekin mast holatda bo`lgan A.O`. inspektorga qarshilik ko`rsatgan va uni do`pposlab, tan jarohati etkazgan.

Inspektor Yangibozor tuman tez tibbiy yordam muassasasiga yotqizilgan. Ayni damga kerakli muolajalar ko`rsatilmoqda. Holat yuzasidan tegishli hujjatlar Yangibozor tuman Xorazm viloyati IIB Yangibozor tumani bo`limiga qonuniy chora ko`rish uchun yuborilgan.

Ma`lumot uchun, “Amudaryo oltin baliq” fermer xo`jaligi rahbari A.O`. bundan oldin ham Xorazm milliy tabiat bog`i hududida huquqbuzarlik sodir etgan va sud tomonidan tegishli jazoga tortilgan.

    Boshqa yangiliklar