AsosiyJamiyat

Chirchiq daryosiga yuk mashina tushib ketdi (video)

'Chirchiq daryosiga yuk mashina tushib ketdi (video)'ning rasmi

Howo yuk mashinasi Chirchiq daryosiga tushib ketdi. 

Toshkent viloyati IIBB YHXB axborot xizmati holat bo`yicha ma`lumot taqdim  qildi.

Ma`lum qilinishicha, kecha, 9 iyun kuni soat tahminan 18:30 larda Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanida 2001 yil tug`ilgan haydovchi boshqaruvida bo`lgan Howo rusumli yuk mashinasi Chirchiq daryosiga tushib ketgan. Bunga haydovchining ehtiyotsizligi sabab bo`lgan. Hodisa natijasida avtomobilda bo`lgan yo`lovchi voqea joyida vafot etgan. Haydovchiga esa birinchi tibbiy yordam ko`rsatilgan. 

Hozirda holat yuzasidan Yuqorichirchiq IIBB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar