Avval xabar qilinganidek, Toshkentja IIV binosi yaqinida kuchli qora tutun tarqalgani aks etgan videolar tarqalmoqda. Hodisa bo`yicha FVV ma`lumot berdi.
Aniqlik kiritilishicha, bugun, 10 iyun kuni soat 08:10 da Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Afrosiyob va Sh.Rashidov ko`chalari kesishmasi oldida joylashgan er osti tunnelida elektr simlarini tutashi kuzatilgan.
Voqea joyiga 9 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 08:15 da etib borib, soat 09:08 da qurshab olingan va hodisa soat 09:15 da bartaraf etildi.
Hodisa oqibatida tan jarohati olish va halok bo`lish xolatlari qayd etilmadi.
Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vaziri etib borgan.






