Majburiy ijro byurosi Andijon tuman bo`limi tomonidan qidiruv e`lon qilingan “MALIBU” rusumli avtotransport vositasi Andijon shahri hududidan topilgan.
Kredit shartnomasi bo`yicha qarzni undirish to`g`risidagi notarius ijro xatiga asosan qarzdor U.M.dan undiruvchi ATB “Kapitalbank” ChBF “Kapital 24” Smartbank Andijon filiali foydasiga 359 737 773 so`m kredit qarzdorligini undirish belgilangan.
Qarzdorlikni undirish maqsadida ijro harakatlari davomida garovdagi qarzdorga tegishli “MALIBU” avtomashinasiga taqiq o`rnatilgan.
Bo`lim davlat ijrochisi tomonidan ijro hujjatida ko`rsatilgan manzilga bir necha marotaba borib ko`zdan kechirilganda, avtomashina yo`qligi aniqlangach, qidiruv e`lon qilingan.
Byuroning Andijon viloyati boshqarmasi qidiruv sho``basi xodimlari hamda IIB YHXX bilan hamkorlikda olib borilgan tadbirlar davomida qidiruvdagi avtomashina Andijon shahridan topildi. Avtomashina xatlanib, jarima maydoniga olib kirildi.






