AsosiyJamiyat

“Soliq” mobil ilovasidagi xizmatlardan biri noto`g`ri talqin qilingan xabarga Soliq qo`mitasi oydinlik kiritdi

'“Soliq” mobil ilovasidagi xizmatlardan biri noto`g`ri talqin qilingan xabarga Soliq qo`mitasi oydinlik kiritdi'ning rasmi

  "Potrebitel.uz" guruhida “Soliq” mobil ilovasidagi xizmatlardan biri noto`g`ri talqin qilingan xabar  e`lon qilindi. Soliq qo`mitasi matbuot xizmati xabarga munosabat bildirdi.

OFD - bu Olingan foyda daromadi (poluchenne doxod) emas, fiskal ma`lumotlar operatori (ofd.uz).

Soliq qo`mitasi avvalroq yangilangan Soliq mobil ilovasida “Fiskal modul uchun to`lov” bo`limi qo`shilgani va fiskal modul uchun to`lov tadbirkorlik sub`ektlaridan undirilishi haqida  xabar bergan edi.

Eslatib o`tamiz, Fiskal modul – bu tadbirkorlar o`z faoliyatida foydalanadigan onlayn-nazorat kassa texnikalari uchun dasturiy ta`minotga ega maxsus qurilma.

Fiskal modul uchun to`lov faqat onlayn-NKTdan foydalanuvchi tadbirkorlik subektlaridan (yuridik shaxs, YTT) – yiliga bir marta  BHMning 1 baravari  (340 000 so`m) miqdorida undiriladi.

Agar siz tadbirkor bo`lmasangiz, fiskal modul uchun to`lov qilishingiz shart emas.

Agar Soliq mobil ilovasida fiskal modul uchun xatolik bilan to`lov qilingan bo`lsa, “Yangi texnologiyalar” IAM buxgalteriya bo`limiga info@yt.uz elektron pochta manzili orqali xat yoborish lozim.

Xatda vaziyat haqida aniq ma`lumot bayon qilish, pasport nusxasi (JShShIR aniqlash uchun) va pul o`tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat (chek, kvitansiya, bank ma`lumotnomasi va boshqa) ilova qilish hamda pul mablag`ini qaytarish uchun bank kartasi tranzit raqami va MFO ko`rsatilishi lozim.

Eslatib o`tamiz qonunchilikka ko`ra, murojaatlar 15 kundan 30 kungacha  ko`rib chiqiladi.

Ariza ko`rib chiqilgan so`ng pul mablag`i xatda ko`rsatilgan bank kartasiga avtomatik ravishda qaytariladi, deyiladi xabarda.

Blogerlar va ommaviy axborot vositalari vakillaridan soliq yoki soliq xizmatlariga oid savollar tug`ilganda, materiallarni chop etishda oldin tushuntirish berish yuzasidan Soliq qo`mitasi matbuot xizmatiga qayta aloqa tizimi orqali murojaat qilishlari so`raladi:

 sayt - https://appeal-bot.soliq.uz/;

 Soliq mobil ilovasida - https://t.me/soliqnews/13128.

    Boshqa yangiliklar