AsosiyJamiyat

IT sohasi bo`yicha xotin-qizlarning navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi

'IT sohasi bo`yicha xotin-qizlarning navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi'ning rasmi

IT sohasida xotin-qizlarning rolini oshirish maqsadida Oqqo`rg`on tumanida “Gap” ayollar IT-klubining navbatdagi uchrashuvi tashkil etildi 

Spikerlar xotin-qizlar uchun IT sohasidagi berilayotgan imkoniyatlar, xotin-qizlarning jamiyatdagi o`rni hamda ularning raqamli savodxonligini oshirish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar mavzusida so`z yuritishdi va ishtirokchilarning savollariga kerakli javoblar berishdi. 

160 nafardan ortiq xotin-qizlar ishtirok etgan ushbu uchrashuv, turli xil mavzularda debatlar, savol-javoblar, shuningdek, my.gov platformasidan foydalanish yo`riqnomasi, bepul ta`lim olish uchun foydali havolalar, IT sohasidagi kasblar haqida tushunchalar, qo`l telefondan to`g`ri foydalangan holda xotin-qizlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida tushunchalar bilan bo`lishildi. 

Bundan tashqari, tadbir davomida ishtirokchilar kichik ideaton musobaqalarda ishtirok etishdi.

Ta`kidlash lozimki, GAP loyihasi doirasida nafaqat oflayn uchrashuvlar, balki, mentorlik dasturlari, vebinar, seminar, ideaton va boshqa tadbirlar ham o`tkazilib borilmoqda. 

Ma`lumot uchun: GAP ayollar IT klubi Raqamli texnologiyalar vazirligi tashabbusida IT Park hamkorligida 2022-yilda tashkil etilgan bo`lib, uning asosiy maqsadi – IT sohasiga mamlakat xotin-qizlarini jalb qilish va ularning sohadagi ulushini ko`paytirishdan iborat.

    Boshqa yangiliklar