AsosiyJamiyat

Farzand onasi bag`riga qaytarildi

'Farzand onasi bag`riga qaytarildi'ning rasmi

Farzandlar ota-onasining nasl-nasabi va fuqarolik holatidan qat`i nazar, qonun oldida tengdirlar.

Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta`minlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to`laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning majburiyatidir. Onalik, otalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, mamlakatdan hamda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanishni, vatanparvarlik va Vatanga bo`lgan mehr-muhabbat tuyg`ularini shakllantirish to`g`risida g`amxo`rlik qiladi», deya belgilab qo`yilgan.

MIBning Bog`ot tumani bo`limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo`yicha Bog`ot tumanlararo sudining 2024 yil 6 iyulda voyaga etmagan 2023 yilda tug`ilgan farzandni javobgar G.A.dan onasi U.Q.ning tarbiyasiga olib berish to`g`risidagi ijro hujjati kelib tushgan.

Davlat ijrochisi tomonidan mazkur ijro hujjati ijrosini ta`minlash maqsadida olib borilgan ijro harakatlari natijasida farzand onasi tarbiyasiga olib berildi.

 

    Boshqa yangiliklar