AsosiyJamiyat

"Navoiyazot"narxlarni sun`iy oshirish yo`li bilan katta miqdorda daromad olgan

'"Navoiyazot"narxlarni sun`iy oshirish yo`li bilan katta miqdorda daromad olgan'ning rasmi

Mineral o`g`itlar bozorida ustun mavqega ega bo`lgan "Navoiyazot" AJ tomonidan ishlab chiqarilgan yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolari orqali sotishda narx manipulyasiyasi aniqlangan. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste`molchilar huquqlarini himoya qilish qo`mitasi ma`lum qildi.

Jumladan, 2021-2023 yillarda mineral o`g`it, polivinilxlorid va formalin mahsulotlari tegishli jadvallarda nazarda tutilgan muddatlarda va hajmlarda savdoga qo`yilmagan. Buning oqibatida taklifning sun`iy ravishda kamaytirilishi ortidan narxlar o`rtacha 10 foizdan 50 foizgacha oshib ketgan. Mazkur huquqbuzarliklar natijasida jamiyat tomonidan jami 20,5 mlrd so`m asossiz daromad olingan.

"Navoiyazot" AJga nisbatan ish qo`zg`atilib raqobat to`g`risidagi qonun hujjatlari talablari buzilishini bartaraf etish va kelgusida yo`l qo`ymaslik bo`yicha bajarilishi majburiy bo`lgan ko`rsatma berildi, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar