16 iyun, Qurbon hayiti kunida Toshkent metropoliteni soat 03:00 dan 10:00 ga qadar yo`lovchilarga bepul xizmat ko`rsatadi. Bu haqida "Toshkent metropoliteni" xabar berdi.
Bayram kunlari poezdlar qatnovi hamda metro ish vaqti quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
2024 yil 16 iyun — Qurbon Hayiti bayrami kuni yo`lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida, Toshkent metropoliteni odatdagidan ikki soat oldin, ya`ni, tongi soat 03:00 dan ish faoliyatini boshlaydi. Bu haqida "Toshkent metropoliteni" xabar berdi.
Bundan tashqari, Qurbon Hayiti bayrami kunida barcha yo`lovchilar uchun Toshkent metropoliteni soat 03:00 dan 10:00 ga qadar yo`lovchilarga bepul xizmat ko`rsatadi.
Shuningdek, metro yo`lovchilariga bayram munosabati bilan belgilangan boshqa dam olish kunlarida esa yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida soat 05:00 dan xizmat ko`rsatiladi.






