Yakkasaroy tumanida Tergov bo`limi tergovchisi va 2 nafar surishtiruvchisi 7 ming dollar pora bilan ushlandi.
Toshkent shahar Yakkasaroy tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tergovchisi va 2 nafar surishtiruvchisi bilan o`zaro til biriktirishgan.
Ular xizmat mavqeidan foydalangan holda, bo`lim ish yurituvida bo`lgan jinoyat ishi bo`yicha ayblanuvchiga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasini qo`llamaslik hamda uning harakatlarini JKning 273-moddasi 5-qismidan 276-moddasining 2-qismi “a” bandiga qayta malakalash evaziga, ayblanuvchining tanishi Q.O. orqali 7 ming AQSh dollari olgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qo`lga olingan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo`llanilgan.






